✔️ Bugundan mustaqil izlanuvchilikka arizalar qabuli boshlandi.
Jarayon Yagona elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
🔴Mustaqil izlanuvchilik — bu falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashga yoʻnaltirilgan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shaklidir.
❗️ Eslatma, mustaqil izlanuvchilikka ariza topshirishda xorijiy til sertifikati talab etilmaydi.
Bizni kuzating
Manba: Telegram kanali · Innovatsion rivojlanish agentligi