Bu video Telegram platformasida joylashgan
Qayerda ochishni tanlang:
2026 yilning yanvar–fevral oylarida Oʻzbekiston tarixida ilk bor aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlari oʻtkaziladi. Ushbu jarayon mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini aniq maʼlumotlar asosida rejalashtirishda muhim oʻrin tutadi.
Roʻyxatga olish natijalari aholining demografik tarkibi, taʼlim darajasi, mehnat bilan bandligi, migrasiya jarayonlari hamda qishloq xoʻjaligidagi mavjud holatni xolis baholash imkonini beradi. Bu esa davlat dasturlari, hududiy rivojlanish rejalari va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini ishlab chiqishda ishonchli asos boʻlib xizmat qiladi.
Tadbirlar internet orqali hamda mahalla vakillari ishtirokida uyma-uy yurib oʻtkaziladi. Roʻyxatga olish jarayoni xalqaro standartlar, jumladan, BMT tavsiyalariga muvofiq tashkil etiladi va berilgan maʼlumotlarning maxfiyligi toʻliq kafolatlanadi.
Fuqarolarning ushbu jarayondagi faol ishtiroki mamlakat taraqqiyoti uchun muhim qarorlar qabul qilinishiga xizmat qiladi. Shu bois, har bir fuqaroni aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlarida masʼuliyat bilan ishtirok etishga chaqiramiz.
Batafsil maʼlumot uchun @census_2026 ga ulanib oling.
Facebook | Instagram | Mediabank
Manba: Telegram kanali · Rasmiy xabarlar I Официальные новости