Ilmiy Kengashning navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi
Yangiliklar

Ilmiy Kengashning navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi

1 daqiqa oʻqish 519 marta koʻrilgan

✅Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining mustaqil izlanuvchisi Poʻlatov Muxitdin Kamoliddinovichning “Markaziy Fargʻona sugʻoriladigan tuproqlari, ularning asosiy xossalari va unumdorlik holati (Fargʻona viloyati misolida)” mavzusidagi 03.00.13–Tuproqshunoslik ixtisosligi biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi ishi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/11.07.2025.B/Qx.01.17 raqamli Ilmiy Kengashning navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi.

➡️Yigʻilishni Ilmiy kengash raisi, biologiya fanlari doktori, professor Jabborov Zafar Abdukarimovich olib bordi.
🌟Yigʻilish POʻLATOV MUXITDIN KAMOLIDDINOVICHning “Markaziy Fargʻona sugʻoriladigan tuproqlari, ularning asosiy xossalari va unumdorlik holati (Fargʻona viloyati misolida)” mavzusidagi 03.00.13–Tuproqshunoslik ixtisosligi biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bagʻishlandi.

🔺Yigʻilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash aʼzolarini tanishtirdi.
🔺
Shundan soʻng kengash aʼzolari va yigʻilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar boʻlib oʻtdi.

Manba: Telegram kanali