#IXTISOSLASHGAN_ILMIY_KENGASHNING_MAJLISI
#Ilmiy_daraja 🟦🟦
🔴Ayni damda Instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi oʻtkazilmoqda.
Yigʻilish Yuldoshev Iskandar Qurbanazar oʻgʻlining “Markaziy fargʻona sugʻoriladigan oʻtloqi saz tuproqlarining agrofizikaviy xossalari va ularning tuz tartiboti” mavzusidagi 06.01.03 “Agrotuproqshunoslik va agrofizika” ixtisosligi boʻyicha qishloq xoʻjaligi fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bagʻishlandi.
🌟Yigʻilishni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengash raisi biologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Bobomurodov olib bormoqda.
🎚Siz ushbu link orqali bevosita Ilmiy kengash majlisini kuzatishingiz mumkin.
🔴Eslatma: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-200-son Farmonning 4-bandi ijrosini taʼminlash boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy kengash tomonidan oʻtkaziladigan dissertatsiya himoyalari Internet tarmogʻi orqali jonli efirga uzatilmoqda.
✅Institut tomonidan yuqorida qayd etilgan ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.
Manba: Telegram kanali



