Bugun Instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha…
Yangiliklar

Bugun Instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha…

1 daqiqa oʻqish 168 marta koʻrilgan

#IXTISOSLASHGAN_ILMIY_KENGASHNING_MAJLISI
#Ilmiy_daraja 🟦🟦
☄️Bugun Instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi oʻtkazildi.

✅Yigʻilish Yuldoshev Iskandar Qurbanazar oʻgʻlining “Markaziy fargʻona sugʻoriladigan oʻtloqi saz tuproqlarining agrofizikaviy xossalari va ularning tuz tartiboti” mavzusidagi 06.01.03 “Agrotuproqshunoslik va agrofizika” ixtisosligi boʻyicha Qishloq xoʻjaligi fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bagʻishlandi.

🌟Yigʻilishni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengash raisi biologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Bobomurodov olib bordi.

🗣Talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash aʼzolarini tanishtirdi.
🗣
Kengash aʼzolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar boʻlib oʻtdi.

✅Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan ISKANDAR YULDOSHEV tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga toʻliq javob berishi maʼqulandi.

Manba: Telegram kanali