🗣Ayni paytda poytaxtimizda “Oʻzdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash institutining 65 yilligi munosabati bilan “Qishloq xoʻjaligida yer resurslarini barqaror boshqarishda axborot tizimlarining oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman qizgʻin va ishchan ruhda davom etmoqda.
💻Anjumanda soʻzga chiqqanlar bugungi kunda yer resurslarini asrash, degradatsiyaga qarshi kurashish hamda unumdor yer maydonlarini oshirish davlat agrar siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanini taʼkidlamoqda.
✅Shu bilan birga, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi ilmiy muassasalar, xususan, “Oʻzdavyerloyiha” ilmiy-tadqiqot instituti hamda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va ularning amaliyotga joriy etilayotgan natijalari alohida eʼtirof etilmoqda.
Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI




