Xabaringiz bor bugun poytaxtimizda “Oʻzdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash institutining 65 yilligi…
Yangiliklar

Xabaringiz bor bugun poytaxtimizda “Oʻzdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash institutining 65 yilligi…

1 daqiqa oʻqish 205 marta koʻrilgan

☄️Xabaringiz bor bugun poytaxtimizda “Oʻzdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash institutining 65 yilligi munosabati bilan “Qishloq xoʻjaligida yer resurslarini barqaror boshqarishda axborot tizimlarining oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy anjumani boʻlib oʻtmoqda.

✅Ayni damda anjumanda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori, biologiya fanlari doktori professor, Shuxrat Bobomurodov "Tuproqshunoslikda raqamlashtirish va suʼniy intellekt texnalogiyalarini qoʻllash istiqbollari" mavzusidagi taqdimoti tinglanmoqda.

Taqdimotda Oʻzbekiston sharoitida yer resurslarini boshqarish, uni muhofaza qilish, muammolarini oʻrganish, ularning yechimini topishda chuqur ilmiy-nazariy mushohadaga asoslangan takliflar ishlab chiqish, xulosalar berish kabi masalalarda birgalikda, hamkorlikda kurashish zarurligi haqida soʻz yuritildi.

#Xalqaro_yer_kuni

Manba: Telegram kanali