Barakali hosil sari — birga qadam tashlaymiz!
Yangiliklar

Barakali hosil sari — birga qadam tashlaymiz!

1 daqiqa oʻqish 801 marta koʻrilgan

❗️Barakali hosil sari — birga qadam tashlaymiz!

🟢Kosmosdan qaraganda yer bir xil koʻrinadi. Ammo har bir dalaning hosildorligi uning ichida — tuproq tarkibida yashirin. Shuning uchun fermer va yer egalari uchun tuproqshunos olimlar bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Daladagi har bir qaror ilmiy tahlil va aniq tavsiyalarga asoslanganda, natija ham samarali boʻladi.

➡️Tuproqshunos olimlar tuproq namunalarini chuqur tahlil qilib, uning tarkibi va holatini baholaydi hamda har bir maydon uchun ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi. Bu esa oʻgʻitlardan oqilona foydalanish, agrotexnik tadbirlarni toʻgʻri rejalashtirish, xarajatlarni kamaytirish va hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi.

👉Avval tahlil — keyin toʻgʻri qaror. Ana shunda tuproq unumdorligi saqlanadi, mehnat samarasi ortadi, hosil esa yanada barakali boʻladi.

Manba: Telegram kanali