“Qishloq hayoti” gazetasining navbatdagi 2026 yil 6 avgust kungi 32 (9404)-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.
Ushbu gazetaning 1 va 2 sahifalarida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi, biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim, Paxtachilik kengashi Toshkent viloyati ishchi guruhi aʼzosi Nazimxon QALANDAROV ning "TOZA DALA - SOGʻLOM TUPROQ VA MOʻL HOSIL GAROVI" sarlavhali maqola nashr etildi.
Mazkur maqolada ekologik toza dalaning tuproq unumdorligi va hosildorlik uchun ahamiyati, plastik chiqindilarning tuproqqa salbiy taʼsiri hamda ularni oʻz vaqtida yigʻish va toʻgʻri utilizatsiya qilishning ahamiyati haqida soʻz yuritiladi.
Manba: Telegram kanali