☄️Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti majlislar zalida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
✅Tadbirda bevosita institut direktori Shuhrat Bobomurodov, professor hamda katta ilmiy xodimlar ishtirok etdilar.
💬Ushbu bayram tadbirini Sh.Bobomurodov oʻz kirish soʻzida soʻnggi yillarda gender tenglik masalalari yangi bosqichga koʻtarilib, barcha yoʻnalishlarda xususan, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institut tizimida ham oʻz aksini topayotgani haqida alohida toʻxtalib samimiy fikr va mulohazalarini bildirdi.
🌟Shundan soʻng, barcha tadbirda ishtirok etayotgan har bir olima ayollarga institut tomonidan minnatdorchilik sifatida gul va qimmatbaho sovgʻalari ulashildi.
Manba: Telegram kanali · Z.B.K


