Bugun Instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi oʻtkazildi.
Majlisni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengashga raislik qiluvchi biologiya fanlari doktori, professor Nodirjon Abduraxmonov olib bordi.
Majlis NORMURATOV OYBEK ULUGʻBERDIYEVICHning 06.01.04-«Agrokimyo» ixtisosligi boʻyicha «Mineral va organo-mineral oʻgʻitlarni takroriy, oraliq sabzavot ekinlarida qoʻllashning tuproq xossalari hamda gʻoʻza hosildorligiga taʼsirini ilmiy asoslash» mavzusidagi qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bagʻishlanadi.
📌Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan OYBEK NORMURATOV tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga toʻliq javob berishi maʼqulandi.
Manba: Telegram kanali · tuproq malumotlari
