(FAO) oʻzining 2026 yil iyul oyidagi rasmiy hisobotida portlash effektini bergan bayonot bilan chiqdi: Tinch okeanidagi dahshatli El-Nino anomaliyasi kutilganidan ancha erta va vayronkor kuch bilan uygʻondi! Iqlimning bu makkor oʻyini butun dunyo qishloq xoʻjaligini sarosimaga solib qoʻydi.
🌾 Bugʻdoy bozoriga halokatli zarba:
El-Nino keltirib chiqargan anomal issiqlik va surunkali qurgʻoqchilik tufayli sayyoramizning eng yirik bugʻdoy ombori boʻlgan Avstraliyada hosil birdaniga 4,3 foizga tushib ketdi. Bu millionlab tonna toza non vp oziq ovqat mahsulotlari bozorga kirib kelmasligini anglatadi.
🌏 Osiyoda guruch taqchilligi xavfi:
Global guruch zaxiralari ham rekord darajadan birdaniga 2,7 foizga shoʻngʻidi. El-Nino sababli ob-havoning oldindan prognoz qilib boʻlmasligi Osiyo va Vetnam kabi davlatlarda ekin maydonlarini keskin qisqartirib yubordi.
Yerdagi aholi soni toʻxtamay oʻsmoqda va oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyoj tarixdagi eng yuqori choʻqqiga — 558 million tonnaga chiqdi! Ammo zaxiralar suvdek kamayib bormoqda. Ekspertlar global oziq-ovqat bozorida katta narxlar sakrashi (defisit) boshlanishidan ogohlantirmoqda.
El-Nino bu yil ovqatlanish tizimini butunlay oʻzgartirib yuborishi mumkin. Insoniyat yana bir bor tabiat anomaliyasi qarshisida ojiz qolmoqda!
Manba: https://www.fao.org/worldfoodsituation/csdb
Manba: Telegram kanali · Агро хаёт
