❗️Ona zamin mehrga mushtoh
🟢Yer va tuproq resurslari – mamlakatimiz qishloq xoʻjaligining eng muhim tabiiy boyliklaridir. Ularni asrab-avaylash, unumdorligini saqlash va oqilona foydalanish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
➡️ «Jamiyat» respublika ijtimoiy-siyosiy, ekologik gazetasining №17 (987)-soni, 2-sahifasida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori, professor Shuhrat Bobomurodovning «Ona zamin mehrga mushtoh» nomli maqolasi eʼlon qilindi.
📌Maqolada tuproqni muhofaza qilish, uning unumdorligini oshirish va yer resurslaridan samarali foydalanishning ahamiyati bilan bir qatorda, tuproq sifatini kompleks baholashning zamonaviy usuli sifatida qoʻllanilayotgan tuproq sifati indekslari, shuningdek, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy loyihalar, amaliy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik haqida ham qiziqarli maʼlumotlar keltirilgan.
✅Ona zaminni asrash va uning unumdorligini saqlash – barqaror taraqqiyot hamda kelajak avlod oldidagi muhim masʼuliyatimizdir.
Manba: Telegram kanali