Bugun Instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha…
Yangiliklar

Bugun Instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha…

1 daqiqa oʻqish 394 marta koʻrilgan

#IXTISOSLASHGAN_ILMIY_KENGASHNING_MAJLISI
#Ilmiy_daraja 🟦🟦

📆 Bugun Instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi oʻtkazildi.

🌟Majlisni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengashga raislik qiluvchi biologiya fanlari doktori, professor Nodirjon Abduraxmonov olib bordi.

✅Yigʻilish NORMATOV YODGOR MAMANAZAROVICHning «Tuproq hosil qiluvchi omillarning tuproqlar unumdorligiga taʼsirini geoaxborot tizimi texnologiyalari asosida baholash» (Jizzax viloyati tuproqlari misolida) mavzusidagi 03.00.13-«Tuproqshunoslik» ixtisosligi boʻyicha biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bagʻishlandi.

📝Talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash aʼzolarini tanishtirdi.

🔺Kengash aʼzolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar boʻlib oʻtdi.

📌Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan YODGOR NORMATOV tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga toʻliq javob berishi maʼqullandi.

Manba: Telegram kanali