#IXTISOSLASHGAN_ILMIY_KENGASHNING_MAJLISI
#Ilmiy_daraja 🟦🟦
⏰Ayni damda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi boʻlib oʻtmoqda.
❗️Mazkur majlis kun tartibidan oʻrin olgan
✅NORMATOV YODGOR MAMANAZAROVICHning «Tuproq hosil qiluvchi omillarning tuproqlar unumdorligiga taʼsirini geoaxborot tizimi texnologiyalari asosida baholash» (Jizzax viloyati tuproqlari misolida) mavzusidagi 03.00.13-«Tuproqshunoslik» ixtisosligi boʻyicha biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bagʻishlandi.
🌟Majlisni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengashga raislik qiluvchi biologiya fanlari doktori, professor Nodirjon Abduraxmonov olib bormoqda.
📝Talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash aʼzolarini tanishtirmoqda.
🎚Siz ushbu link orqali bevosita Ilmiy kengash majlisini kuzatishingiz mumkin.
Manba: Telegram kanali



