Bugun Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari…
Yangiliklar

Bugun Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari…

1 daqiqa oʻqish 345 marta koʻrilgan

#IXTISOSLASHGAN_ILMIY_KENGASHNING_MAJLISI
#Ilmiy_himoya 🟦🟦

⚡️Bugun Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

➡️Yigʻilishni Ilmiy kengashni kengash raisi, institut direktori, biologiya fanlari doktori, professor, Shuhrat Bobomurodov olib bordi.

🟢Yigʻilish Gulimov Quvondiq Xamzayevichning “Sugʻoriladigan va lalmi tuproqlarning xossalarini aniqlashda spektroskopiya usullaridan foydalanish asoslari (Parkent va Mirzaobod tumanlari misolida)” mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bagʻishlandi.

📝Talabgor tomonidan dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash aʼzolarini tanishtirdi.

➡️Kengash aʼzolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar boʻlib oʻtdi.

📌Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan QUVONDIQ GULIMOV tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga toʻliq javob berishi maʼqulandi.

Manba: Telegram kanali