#Ilmiy_himoya_🟦🟦
📍Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
❗️Mazkur majlis kun tartibidan oʻrin olgan
✅Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tadqiqotchisi Normuratov Oybek Ulugʻberdiyevichning “Mineral va organo-mineral oʻgʻitlarni takroriy, oraliq sabzavot ekinlarida qoʻllashning tuproq xossalari hamda gʻoʻza hosildorligiga taʼsirini ilmiy asoslash” mavzusidagi 06.01.04 – “Agrokimyo” ixtisosligi qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun takdim etgan dissertatsiya ishi himoyasiga bagʻishlandi. dissertatsiyasi ishining himoyasiga bagʻishlandi.
🌟Majlisni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengash raisi biologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Bobomurodov olib bordi.
📝Talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash aʼzolarini tanishtirdi.
✅PKengash aʼzolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar boʻlib oʻtdi.
📌Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan Oybek Normuratov tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga toʻliq javob berishi maʼqulandi.
Manba: Telegram kanali








