❗️Sogʻlom maʼnaviy muhit – jamoa boyligi!
✅Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti stadionida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan institut xodimlari oʻrtasida doʻstona futbol musobaqasi tashkil etildi.
⚽️ Ushbu sport tadbirida institutning ilmiy xodimlari, faol ishtirok etib, jamoaviylik, hamjihatlik va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishdi. Maydonda qizgʻin va murosasiz oʻyinlar kechdi, ishtirokchilar oʻz mahoratlarini namoyon etib, gʻalaba uchun astoydil kurash olib borishdi.
🤝Musobaqa doʻstona va koʻtarinki ruhda oʻtib, barcha qatnashchilarga ijobiy ta"surotlar ulashdi. Bu kabi tadbirlar jamoa oʻrtasida oʻzaro hurmat va birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Manba: Telegram kanali




