Bu video Telegram platformasida joylashgan
Qayerda ochishni tanlang:
⚡️Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida «Alisher Navoiy kutubxonasi — Tuproqshunoslik institutida kitobxonlik va maʼnaviyat kechasi» mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, maʼnaviyatni targʻib etish hamda yoshlarni mutolaaga keng jalb etish masalalari yuzasidan mazmunli muloqotlar tashkil etildi.
🟢 Yuqoridagi lavhada tadbir jarayonlari «Mahalla» telekanalining «Kun nafasi» dasturida jonli efir orqali yoritildi.
🟢 Shuningdek, tadbir haqidagi maxsus lavha bugun soat 20:00 da «Madaniyat va maʼrifat» telekanalining «Xabarlar» dasturida efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
Manba: Telegram kanali