Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida «Alisher Navoiy kutubxonasi — Tuproqshunoslik…
Yangiliklar

Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida «Alisher Navoiy kutubxonasi — Tuproqshunoslik…

1 daqiqa oʻqish 501 marta koʻrilgan

🔴Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida «Alisher Navoiy kutubxonasi — Tuproqshunoslik institutida kitobxonlik va maʼnaviyat kechasi» mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

🔵Tadbirni institut direktori, professor Shuhrat Bobomurodov ochib berib, mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan islohatlar, institutda tashkil etilgan badiiy kitoblar burchagi, kutubxona fondini boyitish hamda raqamlashtirilgan zamonaviy kutubxona yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritdi.

🔵Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi xizmat rahbari Obodboy Qilichboyev, Andijon viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi mutaxassisi Noʻmonjon Shokirov, «Sharq yulduzi» jurnali bosh muharriri Sirojiddin Rauf, shoir Nasrullo Ergash, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Nazokatxonim Otaqulova, shoira Muqaddasxon Yusupova, hamda «Oʻzingni namoyon qil» teleloyihasi sovrindori Nabiraxon Mingboyeva ishtirok etib, kitobxonlik, maʼnaviyat va ilm-fanning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Shuningdek, Parkent tumani Madaniyat uyi filiali rahbari Qudrat Shavkatov tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqish tadbirga alohida koʻtarinki ruh bagʻishladi.

➡️Tadbir davomida mehmonlar oʻz ijod namunalaridan sheʼrlar oʻqib berdilar, institut kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qildilar hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish yuzasidan samimiy tilaklarini izhor etdilar.

🟢Tadbir yakunida institut tomonidan faol ishtirokchilarga tashakkurnomalar topshirildi.

#kitobxonlik_davra_suhbati

Manba: Telegram kanali