🟢Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining majlislar zalida navbatdagi kasbiy maʼrifat soati oʻtkazi“Young Scientists Uzbekistan @ UPSI” dasturi boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.
✅Malayziyaning Universiti Pendidikan Sultan Idris (UPSI) universitetida tashkil etilgan “Young Scientists Uzbekistan @ UPSI” xalqaro malaka oshirish va ilmiy-tadqiqot dasturida ishtirok etib kelgan Gulayxan Aytmuratova tomonidan yigʻilish ishtirokchilari uchun taqdimot oʻtkazildi.
✅Taqdimot davomida dastur doirasida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari, malaka oshirish jarayonlari hamda erishilgan natijalar haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, xorijiy tajribalar va ularni mahalliy ilmiy faoliyatda qoʻllash istiqbollari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
✅Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarilib, qiziqarli savol-javoblar tashkil etildi.
✅Mazkur uchrashuv xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, yosh olimlarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda tajriba almashish uchun muhim platforma boʻlib xizmat qiladi.
Manba: Telegram kanali







