“Choʻlga aylanayotgan hududlarda va degradatsiyaga uchragan yaylovlarda chang va qum koʻtarilishining oldini olish” mavzudagi tanlovda ishtirok eting!
Yangiliklar

“Choʻlga aylanayotgan hududlarda va degradatsiyaga uchragan yaylovlarda chang va qum koʻtarilishining oldini olish” mavzudagi tanlovda ishtirok eting!

1 daqiqa oʻqish 141 marta koʻrilgan

“Choʻlga aylanayotgan hududlarda va degradatsiyaga uchragan yaylovlarda chang va qum koʻtarilishining oldini olish” mavzudagi tanlovda ishtirok eting!

✅ Tanlovga quyidagi fan yoʻnalishlari boʻyicha loyihalar qabul qilinadi:

1. Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik fanlari;
2. Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari;
3. Biologiya va biotexnologiya fanlari;
4. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi;
5. Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiya va nanotexnologiyalar;
6. Oʻrmon xoʻjaligi, tuproqshunoslik va oʻsimliklarni himoya qilish fanlari;
7. Qishloq xoʻjaligi fanlari;
8. Texnika fanlari;
9. Yer toʻgʻrisidagi fanlar.

✍️ Tanlov doirasida ilmiy ekspertiza natijalariga koʻra fan yoʻnalishlari kesimida eng yuqori ball toʻplagan 1 ta ilmiy loyiha moliyalashtirishga tavsiya etiladi.

❗️ Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning har bir bosqichda koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar loyiha rahbarlarining Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasidagi (loyiha.ilmiy.uz) shaxsiy kabinetlarida taqdim etib boriladi.
🌐 Batafsil

#diqqat_tanlov

Manba: Telegram kanali · Innovatsion rivojlanish agentligi