#Ilmiy_daraja🟦🟦 🟦🟦
🗣Ayni damda institut Ilmiy Kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
💬Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi mazkur yigʻilishida anʼanaga koʻra tantanali diplom topshirish marosimi oʻtkazildi.
➡️Diplomlar Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi, institut direktori, biologiya fanlari doktori, professor, Shuhrat Bobomurodov tomonidan topshirildi.
❗️Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Ilmiy kengashining tavsiyasiga asosan joriy yilda ilmiy himoyaga chiqqan:
✅ BAXODIROV ZAFAR ABDUVALIEY VICH ➖ 🟦🟦 «Tuproqshunoslik» ixtisosligi, biologiya fanlari boʻyicha fan doktori;
✅ XOLMATOV OTABEK ISMATOVICH ➖ 🟦🟦 «Agrokimyo» ixtisosligi, qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha falsafa doktori;
✅ NORMATOV YODGOR MAMANAZAROVICH ➖ 🟦🟦 «Tuproqshunoslik» ixtisosligi, biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori;
✅ JUMAYEV SHAVKAT XASANOVICH ➖ 🟦🟦 «Agrokimyo» ixtisosligi, qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha fan doktori hamda falsafa doktori ilmiy darajali diplomlari topshirildi.
Manba: Telegram kanali




