Degradatsiyaga moyil tuproqlarda samarali dehqonchilik – zamon talabi!
Yangiliklar

Degradatsiyaga moyil tuproqlarda samarali dehqonchilik – zamon talabi!

1 daqiqa oʻqish 292 marta koʻrilgan

Degradatsiyaga moyil tuproqlarda samarali dehqonchilik – zamon talabi!

🔊 Soʻnggi yillarda global iqlim oʻzgarishi taʼsirida havo harorati rejimi va yogʻinlar taqsimotining beqarorlashuvi, shuningdek, tuproq namligi hamda oziqa rejimini samarali boshqarish zarurati sugʻorish va oʻgʻitlash texnologiyalarini takomillashtirishni dolzarb masalaga aylantirmoqda.

🔴 Shu nuqtai nazardan qishloq xoʻjaligida quyidagi zamonaviy va innovatsion yoʻnalishlar muhim ahamiyat kasb etmoqda:

➡️ Tomchilatib sugʻorish – suvdan tejamkor foydalanish, hosildorlikni oshirish va qoʻshimcha maydonlarni sugʻorish imkonini yaratadi;

➡️ Fertigatsiya usuli – suv va oʻgʻitni bir vaqtda qoʻllash orqali oziqa elementlaridan samarali foydalanishni taʼminlaydi;

➡️ Murakkab va muvozanatlashgan oʻgʻitlar – makro- va mikroelementlarni maqbul nisbatda qoʻllash imkonini beradi;

➡️ Aqlli agrotexnologiyalar – sensor, GPS va raqamli monitoring asosida sugʻorish hamda oʻgʻitlashni boshqarishni takomillashtiradi;

➡️ Innovatsion ilmiy yondashuvlar – yuqori va sifatli ekologik toza hosil olish, shu bilan birga agroekotizim barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi.

🔴Bugungi kunda institutda mazkur yoʻnalishda Innovatsion rivojlantirish agentligi tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan amaliy loyiha ishlari boshlangan. Chunki, yer, suv va oziqa resurslaridan oqilona foydalanishga asoslangan resurstejovchi agrotexnologiyalarni keng joriy etish dehqonchilikni yangi bosqichga olib chiquvchi muhim omil hisoblanadi.

✅Telegram: TATI Soil

Manba: Telegram kanali