🌱Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi rahbarlar va xodimlarga yoʻllangan murojaatda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda 2026-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar bayon etildi.
🇺🇿Unda qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev tomonidan qishloq xoʻjaligini jadal rivojlantirish, boshqaruv tizimini takomillashtirish, hosildorlikni oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha aniq vazifalar belgilab berilgan.
📌Xususan, joriy yilda yalpi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmini 571 trillion soʻmga, eksport hajmini 4,5 milliard dollarga, investitsiyalarni 555 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
📈 Shuningdek, paxta yetishtirish hajmini 4,5 million tonna, gʻalla hosilini 10 million tonnaga yetkazish vazifalari belgilangan.
⭕️Murojaatda zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, yangi yerlarni oʻzlashtirish hamda ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq etish muhim yoʻnalishlar sifatida koʻrsatib oʻtilgan.
✅Shu bilan birga, tizimda haqqoniylik va ochiqlikni taʼminlash, ayniqsa, notoʻgʻri va asossiz maʼlumotlar taqdim etilishiga yoʻl qoʻymaslik zarurligi alohida taʼkidlangan.
👉 Murojaatning toʻliq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://gov.uz/oz/agro/news/view/146010
Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI