DIQQAT! UMUMMILLIY EKOLOGIK CHELLENJ EʼLON QILINADI!
Yangiliklar

DIQQAT! UMUMMILLIY EKOLOGIK CHELLENJ EʼLON QILINADI!

2 daqiqa oʻqish 319 marta koʻrilgan

«TOZA DALA -SOGʻLOM TUPROQ!»

⚡️Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tomonidan Qishloq xoʻjaligi vazirining tashabbusini qoʻllab-quvvatlagan holda, yer maydonlarini polietilen va plastik chiqindilardan tozalash, tuproq sogʻlomligini saqlash hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan ekologik chellenj eʼlon qilinadi!

📣Barcha tomorqa yer egalari, dehqon va fermer xoʻjaliklari, klasterlar, oliy taʼlim muassasalari, tashkilotlar va ekologik tashabbuskor fuqarolarni faol ishtirok etishga chaqiramiz!

⚠️Chellenjda qanday ishtirok etish mumkin?

Yer maydoningizni polietilen va plastik chiqindilardan tozalash jarayoni aks etgan video, qisqa intervyu yoki lavha tayyorlang.

⚡️ Materialda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
🟣Yer egasining ism-familiyasi va lavozimi;
🟡Viloyat, tuman va manzil;
🔴Yer maydonining hajmi;

🖥Tozalash ishlari haqida qisqacha maʼlumot.

Tayyorlangan materialni Institut Axborot xizmatiga yuboring. Har bir lavha Institutning rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida muntazam yoritib boriladi:

🎁FAOL ISHTIROKCHILARNI NIMA KUTMOQDA?

📆Chellenjning faol ishtirokchilari 5 dekabr — Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirda eʼtirof etilib, sovgʻalar bilan ragʻbatlantiriladi.

📊Shuningdek, ishtirokchilarga oʻz yer maydonlarining tuproq holati haqidagi mavjud maʼlumotlar bepul taqdim etilishi koʻzda tutilgan.

❗️NEGA BU MUHIM?

Polietilen va plastik chiqindilar tuproqning suv-havo almashinuviga, biologik faolligiga va ekologik holatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Ularni oʻz vaqtida yigʻishtirish va toʻgʻri utilizatsiya qilish tuproqni muhofaza qilishning muhim qadamidir.

❕BEFARQ BOʻLMANG! TASHABBUSGA QOʻSHILING!
Har bir toza yer maydoni — sogʻlom tuproq sari qadam. Keling, birgalikda yerlarimizni asraylik va kelajak avlod uchun sogʻlom muhit yarataylik!

#TozaDala #Chellenj #ButunjahonTuproqKuni #TuproqniAsraylik

Manba: Telegram kanali