⚡️Qishloq xoʻjaligi yerlarining ekologik holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini asrash hamda polietilen plyonka qoldiqlarining atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha ishlar davom etmoqda.
➡️Ana shunday tadbirlardan biri Buxoro viloyatida boʻlib oʻtmoqda. Vazirlik tomonidan tuzilgan ishchi guruhning tasdiqlangan ish reja-grafigiga muvofiq, hududlarda dala maydonlarini oʻrganish, polietilen plyonka qoldiqlarini oʻz vaqtida yigʻib olish va belgilangan tartibda utilizatsiya qilish yuzasidan oʻquv-amaliy tadbirlar olib borilmoqda.
⚡️Joriy yilda Buxoro viloyatida 29,9 ming gektar maydonda «Shinjon» usuli, yaʼni chigitni polietilen plyonka ostiga ekish texnologiyasi qoʻllanilgan. Shu munosabat bilan mazkur maydonlarda plyonka qoldiqlarini toʻliq yigʻib olish, ularning tuproq unumdorligi va ekologik holatga salbiy taʼsirining oldini olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
➡️Ishchi guruh aʼzolari tomonidan fermer xoʻjaliklari vakillapiga polietilen plyonka qoldiqlarini dalalarda qoldirmaslik, ularni belgilangan tartibda yigʻish va utilizatsiya qilish boʻyicha tushuntirishlar berilib, amaliy tavsiyalar taqdim etilmoqda.
✅Mazkur tadbirlarda vazirlikning masʼul rahbar va xodimlari, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari, shuningdek, hududlardagi tegishli tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etmoqda.
❗️Toza dala — sogʻlom tuproq!
Manba: Telegram kanali


