«Dolzarb bir oy» doirasida dala seminarlari davom etmoqda
Yangiliklar

«Dolzarb bir oy» doirasida dala seminarlari davom etmoqda

1 daqiqa oʻqish 300 marta koʻrilgan

☄️Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani Guliston massivida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Xorazm viloyati mintaqaviy boʻlinmasi mutaxassislari hamda fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirokida paxta agrotexnalogiyasini kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlar yuzasidan dala seminari tashkil etildi.

➡️Seminar davomida mutaxassislar gʻoʻzaning bugungi rivojlanish bosqichida zarur boʻlgan agrotexnik tadbirlar, mikroelementlarni toʻgʻri va samarali qoʻllash, oʻsimlikni parvarishlash hamda hosildorlikni oshirishga qaratilgan tavsiyalarni berdilar.

➡️Shuningdek, fermer xoʻjaliklari rahbarlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olib, amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar.

✅Ayni paytda "Dolzarb bir oy" doirasidagi ana shunday dala seminarlari Xorazm viloyatining paxta ekilgan barcha hududlarida izchil tashkil etilib, xorazmlik fermerlarga dolzarb agrotexnik tavsiyalar yetkazilmoqda.

📌 Maqsad — agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish orqali moʻl hamda sifatli paxta hosilini yetishtirish.

✅Telegram: TATI Soil

Manba: Telegram kanali