Bu video Telegram platformasida joylashgan
Qayerda ochishni tanlang:
🌱🌱🌱🌱🌱🌱
❗️Bugungi kunda dunyo miqyosidagi eng jiddiy ekologik muammolardan biri — mikroplastiklardir. Tuproq va suvga singib borayotgan plastik chiqindilar nafaqat atrof-muhitga, balki oziq-ovqat xavfsizligi hamda inson salomatligiga ham salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
🌱Qishloq xoʻjaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning taʼkidlashicha, qishloq xoʻjaligi maydonlarida, ayniqsa paxta dalalarida toʻplanib qolayotgan plastik chiqindilarni oʻz vaqtida yigʻishtirish va dalalarni doimiy ravishda toza saqlash bugunning eng muhim vazifalaridan biridir.
"Dalaga tashlangan har bir plastik boʻlagi vaqt oʻtishi bilan maydalanib, mikroplastiklarga aylanadi. Bu esa tuproq sifatiga, ekologik muhitga va oxir-oqibat inson salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi", — deya taʼkidladi vazir.
ℹ️Shuningdek, vazir chorvachilikda etika qoidalariga rioya qilish masalasiga ham alohida urgʻu berdi.
🐄Qayd etilganidek, chorva mollarini toza va ozoda sharoitda boqish, ularni sifatli ozuqa va toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, doimiy parvarish qilish nafaqat mahsuldorlikni oshiradi, balki hayvonlar farovonligini taʼminlashning ham muhim mezoni hisoblanadi.
🗣Vazirning fikricha, zamonaviy qishloq xoʻjaligi faqat hosildorlik yoki mahsulot hajmi bilan emas, balki ekologik masʼuliyat va hayvonlarga nisbatan masʼuliyatli munosabat bilan ham baholanadi.
Batafsil – videoda.
Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI