Endi tajriba-sinov ishlari uchun ketadigan xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi
Yangiliklar

Endi tajriba-sinov ishlari uchun ketadigan xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi

1 daqiqa oʻqish 172 marta koʻrilgan

#Qonunchilik_yangiliklari

📝2026-yil 1-maydan boshlab olimlar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan ishlanmalar boʻyicha tajriba-sinov ishlari uchun ketadigan xarajatlarning bir qismi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan qoplab berish yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:

➡️tajriba-sinov ishlari ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash loyihalari doirasida amalga oshiriladi;

➡️ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash loyihalari Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar asosida moliyalashtiriladi.

↗️Bundan tashqari, xorijiy tillar boʻyicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega yoshlarga olis va borish qiyin boʻlgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan oʻquv markazlarini ochish uchun olti oylik imtiyozli davr bilan uch yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda berish tartibi 30 yoshdan oshgan shaxslarga ham tatbiq etiladi.

Bizni kuzating

Manba: Telegram kanali · Innovatsion rivojlanish agentligi