VIII Toshkent xalqaro marafoni yuqori saviyada oʻtkazildi
Yangiliklar

VIII Toshkent xalqaro marafoni yuqori saviyada oʻtkazildi

1 daqiqa oʻqish 141 marta koʻrilgan

Bugun erta tongdan poytaxtimizda oʻtkazilgan VIII Toshkent xalqaro marafoni sport bayrami ruhida, koʻtarinki kayfiyatda boshlandi. Musobaqa ishtirokchilari va mehmonlar Humo Arena majmuasi oldidagi maydonda jam boʻlishdi.

Mazkur nufuzli sport tadbirida Milliy markaz va tizim tashkilotlarining yosh izlanuvchilari ham faol ishtirok etib, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga oʻz hissalarini qoʻshdilar.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida soʻzga chiqqan rasmiylar marafonning nufuzi yil sayin ortib borayotgani, unda ishtirok etuvchilar safi kengayib, xalqaro miqyosdagi sport tadbiriga aylanib borayotganini alohida taʼkidlashdi. Shuningdek, bunday ommaviy sport musobaqalari aholining jismoniy faolligini oshirish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish hamda yoshlarni sportga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Marafon davomida ishtirokchilar turli masofalarda bellashib, oʻz kuch va imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazdilar. Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, unda sportsevar yurtdoshlarimiz bilan bir qatorda xorijiy mehmonlar ham faol qatnashdi.

VIII Toshkent xalqaro marafoni yurtimizda sportni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yoʻlida muhim qadamlardan biri boʻldi.

Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.

Manba: Telegram kanali · Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi