📆 Ertaga 25-fevral kuni Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi boʻlib oʻtadi.
✅Mazkur majlis kun tartibida 2 ta dissertatsiya ishining himoyasi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
⏰soat 10:00 da
🌟NORMATOV YODGOR MAMANAZAROVICHning 03.00.13-«Tuproqshunoslik» ixtisosligi boʻyicha «Tuproq hosil qiluvchi omillarning tuproqlar unumdorligiga taʼsirini geoaxborot tizimi texnologiyalari asosida baholash» (Jizzax viloyati tuproqlari misolida) mavzusidagi biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
⏰soat 14:00 da
🌟JUMAYEV SHAVKAT XASANOVICHning 06.01.04-«Agrokimyo» ixtisosligi boʻyicha «Gʻoʻzaning istiqbolli va yangi rayonlashgan navlariga minyeral oʻgʻitlarning maqbul meʼyor va nisbatlarni ishlab chiqish»mavzusidagi qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajalarini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishlarining himoyasi boʻlib oʻtishi kutilmoqda.
🎚Siz ushbu link orqali bevosita Ilmiy kengash majlisini kuzatishingiz mumkin.
✅Manzil: 100179, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso koʻchasi, 3-uy.
♻️ Eʼlonni hamkasblaringiz bilan boʻlishing!
Manba: Telegram kanali