Prezident farmoniga muvofiq, 2026-yilning 1-may kunidan boshlab har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi oʻtkazilishi belgilangan.
Shu kuni davlat tashkilot va idoralari xodimlarining xizmat avtotransport vositalaridan foydalanishi qatʼiyan taqiqlanadi. Ushbu sanalar ish kuniga toʻgʻri kelganda, haydovchilarning ish haqi saqlanib qoladi.
Davlat fuqarolik xizmatchilari “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyasi doirasida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanishi mazkur xodimlar tomonidan odob-axloq (etika) qoidalarining buzilishiga tenglashtirildi.
Manba: Telegram kanali · Xushnudbek.uz