Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak!
Yangiliklar

Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak!

1 daqiqa oʻqish 184 marta koʻrilgan

Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak!

Mehnat kodeksining 187-moddasiga koʻra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.
Ertaga
27-may, chorshanba — Qurbon hayitining birinchi kuni, yaʼni ishlanmaydigan bayram. Bugun esa Arafa kuni.

Demak, bugun ishga chiqqan xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishga haqli.

🔰 Bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni boʻlmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qoʻshimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar boʻyicha haq toʻlash orqali kompensatsiya qilinadi.

Dam olish kunlari:

✅ 27-may, chorshanba – Qurbon hayiti;
✅ 28-may, payshanba – barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
✅ 29-may, juma – barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
✅ 30-may, shanba – haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
✅ 31-may, yakshanba – barcha uchun odatiy dam olish kuni.

Manba: Telegram kanali · Xushnudbek.uz