#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
#Burch_jasorat_matonat
⚡️Har yili 9-may mamlakatimizda “Xotira va qadrlash kuni” bayrami chuqur hurmat bilan keng nishonlanadi. Bu sana – ona yurt ozodligi va tinchligi yoʻlida jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini eʼzozlash, ularning jasorat va fidoyiligini yodga olish, shuningdek, Vatan taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan yurtdoshlarimizni qadrlash timsolidir. Bu kun nafaqat oʻtmishga hurmat, balki kelajak avlodni vatanparvarlik, insoniylik, sadoqat va ustozlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim maʼnaviy omil boʻlib xizmat qiladi. Bayram kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan xabar oladilar, katta yoshli ustozlarni ziyorat qiladilar va ularga alohida izzat koʻrsatiladi.
📍Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat soati “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Burch, jasorat, matonat!” deb nomlangan maʼnaviy tadbir taqdimoti asosida oʻtkazildi.
🌟Tadbirda institut rahbariyati, faxriy ustozlar, olimlar, yosh ilmiy xodimlar, doktorantlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🎗“Burch, jasorat, matonat!” deb nomlangan maʼnaviy tadbir taqdimotida ishtirokchilarga Vatanga muhabbat, xotira va qadrlash tushunchalari haqida soʻz yuritildi. Shuningdek bugungi tinch va farovon hayotimiz uchun fidokorona xizmat qilgan ajdodlarga hurmat va ehtirom koʻrsatish, yoshlar qalbida vatanparvarlik, insoniylik, ilmga va ustozga hurmat ruhini shakllantirishda ahamiyatlidir.
❗️Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti jamoasi barcha yurtdoshlarimizni 9-may “Xotira va qadrlash kuni” bilan samimiy qutlaydi!
Manba: Telegram kanali







