Lalmi va yaylov yer uchastkalarini foydalanishga kiritish ragʻbatlantiriladi
Yangiliklar

Lalmi va yaylov yer uchastkalarini foydalanishga kiritish ragʻbatlantiriladi

2 daqiqa oʻqish 176 marta koʻrilgan

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

✅ “Lalmi va yaylov yer uchastkalarini foydalanishga kiritishni ragʻbatlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–83-son, 08.05.2026-y.) qabul qilindi.

📰Mazkur Farmon ilovasidagi lalmi va yaylov yer uchastkalarini foydalanishga kiritish ishlarini yer tuzish loyihasi va texnik-iqtisodiy asos (TIA)ga muvofiq amalga oshirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

🔹 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har yili yer uchastkalarini foydalanishga kiritish dasturini tasdiqlaydi, yer tuzish loyihasi va TIA ishlab chiqish boʻyicha Qishloq xoʻjaligi vazirligiga buyurtmanoma beradi;

🔹 yer tuzish loyihasi va TIA ishlab chiqilishi, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilishi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tashkil qilinadi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va hududga biriktirilgan masʼullar tomonidan tasdiqlanadi. Bunda TIAda quyidagilar nazarda tutiladi:

▫️ yer uchastkalarining tahlili, ularni foydalanishga kiritishning har bir bosqichidagi chora-tadbirlar, masʼullar, muddatlar, xarajatlar, moliyalashtirish manbalari, loyiha samaradorligi, nazorat;

▫️ chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun talab qilinadigan instrumentlar hamda davlat tomonidan taqdim etiladigan qoʻllab-quvvatlash choralari;

🔹 yer uchastkalari (yer tuzish loyihasi va TIA bilan birgalikda) qonunchilikda belgilangan qiymatda “E-auksion” savdo platformasida elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi;

🔹 yer uchastkalarini foydalanishga kiritish muddati u oʻrnatilgan tartibda ajratilgan kundan boshlab koʻpi bilan 2 yilgacha etib TIAda belgilanadi.

Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI