Hududlarda ekologik barqarorlikga erishish yoʻlida barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinmoqda
Yangiliklar

Hududlarda ekologik barqarorlikga erishish yoʻlida barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinmoqda

1 daqiqa oʻqish 399 marta koʻrilgan

🔴Sunʼiy kimyoviy oʻgʻitlar tuproq, suv va havo uchun zararli taʼsiri koʻpincha mulohaza qilinmaydi. Ammo tuproqshunos olimlarning taʼkidlashicha hosildor tuproqlarning muttasil va kuchli zaharlanishi hosil samaradorligini oshirish oʻrniga tuproqni yaroqsiz holga keltirib qoʻyishi ham mumkin.

✅ Kuni kecha ishchi guruh aʼzolari Jizzax, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida yerdan foydalanuvchilar uchun ekologik vaziyatni yaxshilash borasida yerdan foydalanuvchilarga koʻrgazmali maydonlarda tuproqni organik moddalar bilan boyitishga qaratilgan dala oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etildi.

🔺Seminarlarda yerdan foydalanuvchilarga shox-shabba va barg xazonlaridan foydalangan holda tabiiy oʻgʻitlar tayyorlash hamda ushbu oʻgʻitlarning tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirishidagi ahamiyati boʻyicha amaliy jarayonlarda maʼruzalar qilib tavsiyalar berildi.

Manba: Telegram kanali