Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq…
Yangiliklar

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq…

1 daqiqa oʻqish 622 marta koʻrilgan

#ILMIY_SEMINAR 🟦🟦

📍Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🌟Yigʻilishni biologiya fanlari doktori, professor N. Abduraxmonov olib bordi.

🔴Mazkur yigʻilish kun tartibiga koʻra:

☄️Yuldoshev Iskandar Qurbonazar oʻgʻlining "Markaziy Fargʻona sugʻoriladigan oʻtloqi saz tuproqlarining agrofizikaviy hossalari va ularning tuz tartiboti" mavzusidagi 06.01.03– “Agrotuproqshunoslik va agrofizika” ixtisosligi qishloq xoʻjaligi fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishini muhokamasiga bagʻishlandi.

📝Yigʻilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash aʼzolarini tanishtirdi.
⌛
Shundan soʻng kengash aʼzolari va yigʻilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar boʻlib oʻtdi.

Manba: Telegram kanali