Hududlarda ekologik barqarorlikga erishish yoʻlida barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinmoqda
Yangiliklar

Hududlarda ekologik barqarorlikga erishish yoʻlida barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinmoqda

2 daqiqa oʻqish 510 marta koʻrilgan

🔺Xabaringiz bor, Qishloq xoʻjaligi vazirligining topshirigʻiga asosan ishlab chiqilgan grafik boʻyicha joriy yilning 26-yanvaridan 3-fevraliga qadar respublikamizning barcha viloyatlarida ekologik vaziyatni yaxshilash borasida yerdan foydalanuvchilarga koʻrgazmali maydonlarda tuproqni organik moddalar bilan boyitishga qaratilgan dala oʻquv-amaliy seminar ishlari davom etmoqda.

📍Shu kungacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Andijon, Fargʻona, Namangan, Buxoro va Navoiy viloyatlari sugʻoriladigan yer maydonlarida ekologiyaning ifloslanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan shox-shabba va barg xazonlaridan foydalangan holda tabiiy oʻgʻitlar tayyorlash orqali tuproqni organik moddalar bilan boyitishga qaratilgan dala oʻquv-amaliy seminarlari tashkil etildi.

✅Tuproqshunos olimlar tomonidan yerdan foydalanuvchilarga tuproqni imkon qadar tabiiy ozuqalar bilan toʻyintirish, har 1 gektar yer maydonda shox-shabba va barg xazonlaridan tabiiy oʻgʻitlar tayyorlash usullari, bu usul ancha foydali va beziyonligi, tabiiy organik oʻgʻitlar tarkibida oʻsimlik uchun zarur boʻlgan azot, fosfor, kaliy, kalsiy va oʻsimliklarning oziqlanishi uchun zarur boʻlgan boshqa mikroelementlar mavjudligi, shuningdek tuproqning xossalariga ijobiy taʼsir etadigan organik moddalarga boy boʻlishi hamda yerlarga mazkur tarzda mumtazam ravishda tabiiy oʻgʻitlar bilan ishlov berish hosildorlikni bir necha barobar oshirishga sabab boʻlishi haqida tushuncha va tavsiyalar berilmoqda.

✅Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti va uning mintaqaviy boʻlinma xodimlari ishtirokida yuqori saviyada oʻtkazilayotgan mazkur tadbir barcha yerdan foydalanuvchilarda zoʻr qiziqish va ishtiyoq uygʻotmoqda.

#JARAYON

Manba: Telegram kanali