Bu video Telegram platformasida joylashgan
Qayerda ochishni tanlang:
🔹Shu kunlarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bir guruh olimlari tomonidan ekologik vaziyatni yaxshilash borasida yerdan foydalanuvchilarga koʻrgazmali maydonlarda tuproqni organik moddalar bilan boyitishga qaratilgan dala oʻquv seminarlari tashkil etilmoqda.
🔴Tuproqlar sogʻlomligi yeyayotgan taomimiz va ichayotgan suvimizdan tortib nafas olayotgan havomizgacha boʻlgan oziq-ovqat zanjirini taʼminlaydi. Shu sababli barqaror ekologik holatni yaxshilash, tabiiy muvozanatni saqlash uchun ularga nisbatan gʻamxoʻrlikni kuchaytirish zarurati yuzaga kelmoqda.
🟢Tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish, ekologiyaning ifloslanishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi yo qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat xavfsizligini barqaror taʼminlashga taʼsir etishi mumkin. Bunday muammolar tufayli salbiy oqibatlar ehtimolini kuchayib ketishiga ham yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.
🔴Hududlarda tashkillashtirilayotgan dala oʻquv seminarida yerdan foydalanuvchilarga institut olimlari tomonidan ekologik holatni yaxshilash borasida shox-shabba va barg xazonlaridan foydalangan holda tabiiy oʻgʻitlar tayyorlash hamda ushbu oʻgʻitlarning tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirishidagi ahamiyati boʻyicha amaliy jarayonlarda maʼruzalar qilib tavsiyalar berilmoqda.
📌Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.Sh.Mirziyoyeva rahbarligida 2025-yil 2-dekabr kuni oʻtkazilgan “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha maxsus komissiya tashkiliy yigʻilishining” 26-son bayoni 16-bandida Qishloq xoʻjaligi vazirligiga barcha hududlarda kamida 1 gektar yer maydonida shox-shabba va barg xazonlaridan foydalangan holda tabiiy oʻgʻitlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish topshirigʻi berilgan.
↗️Bugun mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasidagi ushbu qadamlar vaziyatni oʻnglash, yaʼni chiqindilardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish, ularni atmosferaga zararini kamaytirish orqali ekologiya barqarorligiga erishish, aholi salomatligini himoya qilish va atrof-muhitni yaxshilashga qaratilgan boʻlib, amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Manba: Telegram kanali