Hurmatli mirishkor bobodehqonlar, qadrli fermerlar, agrar sohaning fidoyi vakillari va aziz yurtdoshlar!
Yangiliklar

Hurmatli mirishkor bobodehqonlar, qadrli fermerlar, agrar sohaning fidoyi vakillari va aziz yurtdoshlar!

2 daqiqa oʻqish 244 marta koʻrilgan

Hurmatli mirishkor bobodehqonlar, qadrli fermerlar, agrar sohaning fidoyi vakillari va aziz yurtdoshlar!

Sizlarni tabiat uygʻonishi, yangilanish va yasharish fasli — Navroʻzi olam bilan samimiy muborakbod etaman.

Sharqona yangi yil sifatida keng nishonlanadigan ushbu qutlug‘ ayyom asrlar davomida xalqimiz hayotida ezgulik, mehr-oqibat va bagʻrikenglik timsoli boʻlib kelmoqda. Navroʻz — bu nafaqat bahorning kirib kelishi, balki bobodehqonlarimiz uchun yangi mehnat mavsumining boshlanishi, ona zaminga baraka urugʻlarini qadash va moʻl hosil sari dadil qadam qoʻyish davridir.

Ajdodlarimizdan meros boʻlib kelayotgan ulug‘ anʼanalar — keksalarni eʼzozlash, ehtiyojmand insonlarga mehr-oqibat koʻrsatish, jamiyatda insonparvarlik va hamjihatlikni mustahkamlash — bugun ham oʻzining chuqur mazmunini saqlab kelmoqda.

Joriy yilda Navroʻz bayramining muborak Ramazon oyi bilan uygʻun holda nishonlanayotgani ushbu qadriyatlarning yanada yuksalishiga, xalqimiz orasida mehr-oqibat, saxovat va birdamlik tuygʻularining mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.

Navroʻzning fayzli nafasi har bir xonadonga quvonch, baraka va iliqlik olib kirsin. Dalalarda fidokorona mehnat qilayotgan dehqon va fermerlarimizning mashaqqatli mehnati samarali boʻlib, yurtimiz xirmonlari toʻkin-sochin boʻlishini tilayman.

Yaratgandan yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda agrar sohaning izchil rivoji yoʻlida barchangizga sihat-salomatlik, kuch-gʻayrat va baraka ato etishini soʻrab qolaman.

Yana bir bor siz azizlarni 21-mart — Navroʻz umumxalq bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Navroʻzi olam barchamizga qutlug‘ va barakali boʻlsin!

Hurmat bilan,
Ibrohim Abdurahmonov
Qishloq xoʻjaligi vaziri

Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI