#Tabrik
#Mustaqillik35
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Hurmatli tuproqshunos olimlar, aziz agrar soha xodimlari, qadrli hamkasblar!
🇺🇿Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
🇺🇿Mustaqillik — bu, avvalo, oʻz taqdirimiz va kelajagimizni oʻz qoʻlimiz bilan belgilash huquqi. Shu bilan birga, Vatanimizning eng bebaho boyligi — ona zaminimizga egalik qilish, uni asrash va kelajak avlodlarga munosib holda yetkazish masʼuliyati hamdir.
🔵Tuproq — milliy boyligimiz, rizq-roʻzimiz va kelajagimiz tayanchidir. Uning unumdorligi xalqimiz dasturxoni toʻkinligi, dehqon va fermerlarimiz farovonligi hamda mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligining muhim kafolatidir. Shu bois tuproqni asrash va uning unumdorligini oshirish bugun oddiy agrar vazifa emas, balki milliy taraqqiyotimiz uchun strategik ahamiyatga ega masaladir.
🔵Bu sharafli vazifani amalga oshirishda Sizning — tuproqshunos olimlar, tadqiqotchilar va agrar soha mutaxassislarining mehnatingiz beqiyos. Sizning ilmiy izlanishlaringiz, dala tadqiqotlaringiz, tahlil va xulosalaringiz orqali yerning haqiqiy holati aniqlanmoqda, uning unumdorligini saqlash va oshirish, degradatsiya jarayonlarining oldini olish boʻyicha ilmiy yechimlar yaratilmoqda.
🔵Ilmning haqiqiy qiymati esa uning amaliyotdagi natijasi bilan oʻlchanadi. Bugun Sizning mehnatingiz tufayli dehqon va fermer oʻz yeri haqida aniq maʼlumotga ega boʻlib, mustaqil va asoslangan qaror qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlmoqda. Tuproqning tarkibi, unumdorligi, ozuqa moddalari va shoʻrlanish holati haqidagi maʼlumotlar ekin tanlash, oʻgʻitlash, sugʻorish va agrotexnologiyani toʻgʻri belgilash uchun muhim asos boʻlib xizmat qilmoqda.
🔵Bugun raqamli tuproq xaritalari, geoaxborot tizimlari va zamonaviy texnologiyalar ilmning imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. Eng muhimi, ilmiy bilim asta-sekin aniq qarorga, qaror esa amaliy natijaga aylanmoqda.
🔵Bu jarayonning eng muhim ishtirokchilari — yerni mehr bilan parvarish qilayotgan dehqon va fermerlarimiz, tomorqasidan unumli foydalanayotgan yurtdoshlarimizdir. Sizning ilmiy mehnatingiz ularning amaliy mehnati bilan uygʻunlashgan sari yer unumdorligi, hosildorlik va xalq farovonligi yuksalaveradi.
Aziz hamkasblar!
🔵Shu ulug‘ bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sogʻlik, oilaviy xotirjamlik, ilmiy izlanishlaringizda yuksak natijalar va mehnatingizga baraka tilayman.
🇺🇿Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz tinch, tuprogʻimiz unumdor, mehnatimiz samarali va xalqimiz farovon boʻlsin!
Hurmat bilan,
Shuhrat BOBOMORODOV,
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori,
biologiya fanlari doktori, professor
Manba: Telegram kanali