ILM AMALIYOT BILAN UYGʻUNLASHGAN TAQDIRDAGINA KUTILGAN NATIJAGA ERISHISH MUMKIN
Yangiliklar

ILM AMALIYOT BILAN UYGʻUNLASHGAN TAQDIRDAGINA KUTILGAN NATIJAGA ERISHISH MUMKIN

2 daqiqa oʻqish 284 marta koʻrilgan

Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.

🔺Mazkur yigʻilish Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida qishloq xoʻjaligida ilm-fan va innovatsiya yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bagʻishlangan yigʻilishda tizim tashkilotlari uchun dolzarb masalalar yuzasidan belgilab berilgan vazifalar va ular ijrosini taʼminlash xususida boʻlib oʻtdi.

🔺Institut direktori Sh. Bobomurodov yigʻilishda, avvalo, sohada ishlarni tizimli yoʻlga qoʻygan holda, tezkorlik bilan amaliy ishlarga oʻtish kerakligi, bunda har bir masʼul oʻziga yuklatilgan vazifani sidqidildan bajarish lozimligni qayd etdi.

✅Shuningdek yigʻilishda ilmiy-tadqiqot natijalarining xoʻjaliklarga yetarlicha tatbiq etilmayotgani, ayrim hollarda ushbu ilmiy natijalarni joylarda amaliyotga joriy etishda uzilishlar kuzatilayotgani, laboratoriya tahlillari natijalari asosida aniq amaliy tavsiyalar ishlab chiqish zarurati, ilmiy muassasalar va ishlab chiqarish oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish lozimligi, axborot va tushuntirish ishlari, mutaxassislar va fermerlar uchun seminar-treninglar oʻtkazish, metodik qoʻllanmalardan kengroq foydalanish va xabardorlikni oshirish, bajarilgan ishlar xususida OAV lari respublika gazeta va nufuzli jurnallarda maqolalar chop etish masalalari alohida taʼkidlandi.

🔺Shuhrat Bobomurodovga koʻra, ilm amaliyot bilan uygʻunlashgan taqdirdagina kutilgan natijaga erishish mumkin. Ilmni amaliyotga tatbiq etish — bu faqatgina tavsiya berish emas, balki natijaga yoʻnaltirilgan tizimli faoliyatdir. Tuproqshunoslik sohasida olib borilayotgan har bir ilmiy tadqiqot yer unumdorligini saqlash va oshirishga, qishloq xoʻjaligining barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi zarur.

✅Yigʻilish soʻngida, institutning 2026 yil uchun hududlar kesimida aniq ustuvor yoʻnalishlarni belgilash chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va buning uchun masʼul ijrochilarning ijro muddatlarni tasdiqlash, har chorakda tahliliy hisobot tayyorlash, muddatli hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etish, xodimlar uchun oʻquv-seminarlar tashkil etish, bugundan boshlab har bir boʻlim oʻz yoʻnalishida ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish boʻyicha amaliy sinov maydonlarini tashkil etish, fermer xoʻjaliklari bilan hamkorlikda tajriba maydonlarini yaratish kabi istiqbolli vazifalar belgilandi.

Manba: Telegram kanali