Tuproq suvni shimib, uni filtrlashi mumkin
Yangiliklar

Tuproq suvni shimib, uni filtrlashi mumkin

1 daqiqa oʻqish 211 marta koʻrilgan

💧Tuproq suvni ham shimadi, ham maʼlum darajada filtrlaydi.

✅“Suvni shimishi:
Tuproq tarkibidagi qum, il (loy), va gumus orasida mayda boʻshliqlar boʻladi. Suv yerga tushganda shu boʻshliqlar orqali pastga singadi. Bu jarayon infiltratsiya deb ataladi.

📉Infiltratsiya — yomgʻir, qor erishi yoki sugʻorish suvining tuproq yuzasidan pastga, tuproq qatlamlari ichiga singib kirish jarayoni.

✅Tabiiy filtr vazifasini bajaradi:
Suv tuproq qatlamlaridan oʻtish jarayonida - yirik zarrachalar ushlanib qoladi, baʼzi bakteriya va iflosliklar kamayadi va organik moddalar parchalanadi. Shu sababli yer osti suvlari odatda yer usti suvlariga nisbatan tozaroq boʻladi.

➡️Muhim jihat:
Tuproq hamma iflosliklarni toʻliq tozalay olmaydi. Masalan:
- Kimyoviy moddalar
- Pestitsidlar
- Neft mahsulotlar
i

Bular yer osti suvlarigacha yetib borishi mumkin.

Ps:Ushbu maʼlumotlar tuproqshunoslik yoʻnalishidagi “Tuproq fizikasi” va “Tuproq ekologiyasi” fanida chuqur oʻrganiladi.

Manba: Telegram kanali