ILMDAN — ANIQ NATIJA, NATIJADAN — QISHLOQ XOʻJALIGI TARAQQIYOTI SARI
Yangiliklar

ILMDAN — ANIQ NATIJA, NATIJADAN — QISHLOQ XOʻJALIGI TARAQQIYOTI SARI

2 daqiqa oʻqish 238 marta koʻrilgan

⚡️Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida ilmiy xodimlar uchun yigʻilish oʻtkazildi.

➡️Yigʻilishni institut direktori, professor Shuhrat Bobomurodov olib bordi. Unda qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriq va vazifalar, shuningdek, mamlakat qishloq xoʻjaligi sohasini yangi bosqichga olib chiqishda tizim tashkilotlarining oʻrni va masʼuliyati muhokama qilindi.

🔵Yigʻilishda institut faoliyatini aniq maqsad va amaliy natijalarga yoʻnaltirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Har bir ilmiy xodim oʻz yoʻnalishi boʻyicha qanday ishlarni amalga oshirishi, ularning maqsadi, vazifalari va kelgusida qanday natija berishi haqida aniq xulosa va takliflarini taqdim etishi belgilandi.

🔵Bunda ilmiy izlanishlarning pirovard natijasi tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda dehqon va fermerlar uchun amaliy samara berishga qaratilgan boʻlishi lozimligi taʼkidlandi.

➡️Institut direktori oʻrinbosari, professor Nodirjon Abdurahmonov oʻz fikrlarida ilmiy ishlarning yer va suv resurslariga zarar yetkazmaslik, ulardan samarali foydalanishga xizmat qilishi zarurligini taʼkidladi. Shuningdek, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda yer resurslarini toʻgʻri boshqarish boʻyicha innovatsion yondashuvlarni joriy etish muhimligi qayd etildi.

🔴Yigʻilish yakunida institutning ilmiy salohiyatini oshirish, tashabbuskor va innovatsion gʻoyalarga ega kadrlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ilmiy faoliyatni aniq va oʻlchanadigan natijalarga yoʻnaltirish boʻyicha vazifalar belgilab berildi.

📌Maqsad — ilmni amaliyot bilan uygʻunlashtirish va tuproq resurslaridan samarali foydalanish orqali qishloq xoʻjaligi taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshish.

Manba: Telegram kanali