Oʻzbekistonda 2–8-sentyabr kunlari “Muzeylar haftaligi” oʻtkazilmoqda. Shu munosabat bilan Madaniy meros agentligi tizimidagi 114 ta davlat muzeyi, muzey-qoʻriqxona va uy-muzeylariga bepul kirish mumkin.
🔴Haftalik davomida tarix, sanʼat va milliy merosimiz bilan yaqindan tanishish, noyob eksponatlar hamda qadimiy yodgorliklarni koʻrish imkoniyati yaratilgan. “Muzeylar haftaligi” 8-sentyabrgacha davom etadi. Shu vaqt ichida oʻzbekistonliklar muzeylarga bepul tashrif buyurishlari mumkin.
Manba: Telegram kanali · UZ24 uz


