Ilmiy loyihalar ekspertizasi: shaffoflik va sifatning yangi bosqichi
Yangiliklar

Ilmiy loyihalar ekspertizasi: shaffoflik va sifatning yangi bosqichi

1 daqiqa oʻqish 174 marta koʻrilgan

Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlar (ITK) aʼzolari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Agentlik direktori v.v.b. A.Norov yangi tarkibda ish boshlayotgan olimlarni qutladi.

Prezidentning PQ-200-son qaroriga muvofiq, xolislikni taʼminlash uchun ITK aʼzolari har 6 oyda 50% ga, yilda esa toʻliq yangilanadi. Shunga koʻra, past koʻrsatkichli yoʻnalishlar — oʻrmon va qishloq xoʻjaligi (85% va 81%), arxitektura va qurilish (67%) hamda texnika fanlari (61%) kengashlari tarkibi keskin rotatsiya qilindi.

🌐 Batafsil

Bizni kuzating

Manba: Telegram kanali · Innovatsion rivojlanish agentligi