PhDdan DScgacha — hatto bir yil ham emas.
Yangiliklar

PhDdan DScgacha — hatto bir yil ham emas.

1 daqiqa oʻqish 178 marta koʻrilgan

PhDdan DScgacha — hatto bir yil ham emas.

2017–2026-yillardagi OAK maʼlumotlarini tahlil qilish davomida qiziq holat aniqlandi: kamida 3 nafar izlanuvchining PhD va DSc himoya eʼlonlari orasidagi vaqt 12 oydan ham kam.

Aniqlangan oraliqlar:
— 215 kun — qariyb 7 oy;
— 278 kun — qariyb 9 oy;
— 357 kun — bir yilga atigi 8 kun yetmagan.

Eng qiziq holatda esa PhD va DSc ishlari nafaqat boshqa mavzuda, balki boshqa ixtisoslik va boshqa tashkilotda bajarilgan.

Bu yerda muhim farq bor: gap diplom berilgan sanalar haqida emas, OAKda eʼlon qilingan PhD va DSc himoyalari orasidagi vaqt haqida ketmoqda.

Odatda PhDdan DScgacha boʻlgan ilmiy yoʻl yillar talab qiladi. Bazadagi 1 566 ta PhD→DSc holatida bu muddatning medianasi 4,2 yil. Shunday fonda 7–12 oy ichidagi uchta holat statistik jihatdan juda keskin ajralib turadi.

Savol esa ochiq: bunday tez ilmiy oʻsish noyob ilmiy natijami yoki tizimda alohida tushuntirishni talab qiladigan holatmi?

Manba: Telegram kanali · GENERALISSIMUS