Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning shaxsiy kabineti(my.ilmiy.uz) sinov rejimida ishga tushirildi!
Yangiliklar

Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning shaxsiy kabineti(my.ilmiy.uz) sinov rejimida ishga tushirildi!

1 daqiqa oʻqish 205 marta koʻrilgan

🌐 Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning shaxsiy kabineti(my.ilmiy.uz) sinov rejimida ishga tushirildi!

my.ilmiy.uz (shaxsiy kabinet) orqali foydalanuvchilar quyidagi imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin:

1 Ilmiy va innovatsion xizmatlardan yagona platforma orqali foydalanish;

2 Ilmiy-pedagogik faoliyat toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani elektron shaklda olish;

3 Yagona shaxsiy kabinet orqali ilmiy innovatsion faoliyat boʻyicha eʼlon qilingan tanlovlar bilan tanishish va ishtirok etish;

4 Ilmiy va innovatsion faoliyat davomida erishilgan natijalar, yutuqlar hamda koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni foydalanuvchining shaxsiy kabinetida shakllantirish.

➡️ Shaxsiy kabinet ilmiy va innovatsion faoliyatga oid maʼlumotlarni markazlashgan holda boshqarish, xizmatlardan tezkor foydalanish hamda foydalanuvchilarga qulay va zamonaviy elektron muhit yaratishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

#foydali

Manba: Telegram kanali · Innovatsion rivojlanish agentligi