Bu video Telegram platformasida joylashgan
Qayerda ochishni tanlang:
🟢Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bir guruh xodimlari Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.
❗️Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad xodimlarni mamlakatimiz tarixi, boy maʼnaviy merosi, milliy qadriyatlari hamda xalqimizning koʻp asrlik madaniy anʼanalari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat boʻldi.
🗣Ekskursiya davomida markaz mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga mazkur majmuaning faoliyati, uning ilmiy-maʼrifiy ahamiyati hamda ekspozitsiyalardan oʻrin olgan noyob tarixiy manbalar haqida batafsil maʼlumot berildi. Xodimlar markazda namoyish etilayotgan qadimiy qoʻlyozmalar, asori-atiqalar, arxeologik topilmalar, milliy urf-odat va anʼanalarimizni aks ettiruvchi koʻrgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, mamlakatimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning hayoti va ilmiy merosi, ularning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan munosib hissasiga bagʻishlangan ekspozitsiyalar ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.
🔊Professor R. Kurvantoyevga koʻra: - Tashrif davomida xodimlar milliy va maʼnaviy merosimizning betakror namunalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar. Bu esa ularning yurtimizning boy tarixi, madaniy qadriyatlari va maʼnaviy merosi haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Bunday maʼrifiy tadbirlar milliy oʻzlikni anglash va vatanparvarlik tuygʻularini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega, deb hisoblayman.
🔴Mazkur maʼrifiy tadbir ishtirokchilarda yuksak maʼnaviy taassurot qoldirib, milliy qadriyatlarga hurmat, tarixiy merosni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish borasidagi masʼuliyat tuygʻusini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Axborot xizmati
Manba: Telegram kanali